Ko‘p so‘raladigan savollar
Jiyda kimlar uchun?
Dehqon, chorvador, sotuvchi, ishchi, mutaxassis va sut hisobi bilan ishlaydigan foydalanuvchilar uchun.
QR bilan kasallikni aniqlash mumkinmi?
QR / shtrix kod katalogdagi mahsulotni topadi. Foto va savol orqali Bobojon AI dastlabki maslahat beradi; aniq tashxisni mutaxassis bilan kelishish kerak.
Sutchi to‘lovi qancha?
20 000 so‘m / oy. Admin to‘lovni tasdiqlab kirish muddatini ochadi.
Sutchi kirishi yopilsa, ma’lumotlar o‘chadimi?
Vaqtincha kirishni yopish sut yozuvlarini o‘chirmaydi. To‘lov va kirish masalasida administrator bilan bog‘laning.
Internet kerakmi?
AI, savdo va ma’lumot yangilanishlari internetni talab qiladi. Sut yozuvlarini offline kiritish navbati mavjud.
Taklif yoki savolni qayerga yuboraman?
+998 99 318 18 41 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Jiyda Instagram sahifasi orqali murojaat qiling.